• “Caravan” mehmonxonasi


    “Caravan” mehmonxonasi eshiklarini 2003 yilda mehmonlarga ochdi. Shu vaqtdan boshlab, mehmonxona qulay narxlarda farovon turar joyni taqdim etadi. Mehmonxona Buxoro XIX asrdagi uy-joylar me’morchiligi tarzida qurilgan. Shunga qaramay, mehmonxona zarur va mutlaqo zamonaviy sharoitga ega. Har bir xona an’anaviy uslubda bezatilgan bo’lib, unda konditsioner , televizor, sovutgich, wi-fi bilan jixozlangan. Xonalardan Ark qal’a majmuasi ko’rinadi.