• Noyob hunar turlari


    Har bir xalqning asrlar davomida avloddan avlodga o’tib kelib, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan o’zi uchun aziz va ardoqli bo’lgan milliy qadriyatlari san’at va hunarmandchilik durdonalari bo’ladi.
    Masalan, misrliklar qadimiy Ehromlari bilan, fransuslar Eyfel minorasi bilan, bizning xalqimiz esa Samarqandu Buxoro, Xivadagi tarixiy obidalar bilan faxrlanadi.Ammo o’zbek xalqi ajdodlar qoldirgan meros bilan kifoyalanib qolmay, jahon madaniyati xazinasiga yangidan yangi noyob hunarmandchilik turlari bilan munosib hissa qo’shib kelayotgan millatlar qatoridan faxrli o’rinni egallaydi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi Farmoni ilovasida Xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchiligining asosiy turlari sifatida 25  turdagi hunarmandchilik yo’nalishlari kiritilgan. Ushbu farmon asosida noyob va unitilayozgan hunarmandchilik turlari qayta tiklanmoqda. Buxorolik hunarmandlar noyob hunarmandchilik turlarini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Buxorocha ipak va jun gilamlar hamda shoyi atlas to’qish, tosh o’ymakorligi, musiqa asboblari yasash va tamirlash,milliy o’yinchoqlar yasash, somon po’stlog’idan yodgorlik buyumlari tayyorlash va boshqalar shular jumlasidandir.