• Buxoro kashtachiligi


    Kashtachilik – Buxoro amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turidir. Afsuski, kashtachilik namunalarining  eng qadimiylari saqlanmagan. Ispan elchisi Pui Gonsales de Klavixo Amir Temur saroyida o’zbek milliy kashta bezaklarini ko’rganini o’zining “Kundalik” asarida yozib qoldirgan.

    Ba’zi hollarda chodirlar va katta binolarni arab yozuvida forsiy va turkey tillarda baytlar tikib bezatishgan. Ipak iplari tabiiy bo’yoqlarga bo’yash uchun ip kalavalari achchiq tosh eritilgan suvga solib qo’yilgan, kyin piyoz  yoki anor po’stlog’idan olingan ranga solib qaynatilgan va sirkali suvga botirib olib quritilgan. Quritilgan ip qayta kalava qilinayotganida silliq tayyoqcha bilan tekislangan,

    XX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro qilinishi, ommaviy ravishda qo’l mehnatining ixtiro qilinishi, ommaviy ravishda qo’l mehnati o’rniga standart mahsulotlarning ishlab chiqarilishi ularning badiyligiga, umuman, milliy kashtachilik rivojiga putur yetkazadi.

    Buxoro milliy kashtachilik maktablari va san’atining o’ziga xos tabiiy bo’yoqlarining qo’llanishi texnologiyasi, ipakdan to’qilgan matolarda kashtalarning qadimiy nusxalari tikilayotganligi barchaning diqqat – etiborini o’ziga tortmoqda.

    Buxoro viloyatining G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako’l tumanlarida kashtachilik maktablari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu maktablarda kashtalarning o’ziga xos belgilardan biri ularda “Yo’rma” choki mahorat bilan qo’llanishi, havorang, gul rangi, binafsha, pushta, och sariq, qizil malina va ko’k  ranglarning uyg’unlashishidir.

    Buxoro kashtalarining yo’rma choki, tuzilishi,gullari xilma-xilligi bilan farq qiladi.