• Buxoro kulolchilik san’ati


    Xalqimizning asrlar mobaynida asrab – avaylab, rivojlantirib kelayotgan qadriyatlari hayot sinovlaridan o’tgani, kishilar qalbida chuqur joy olgani bois barchamizga birdek azizdir. Ularni asrab qolish,zamon talablari asosida rivojlantirish, kelgusi avlodlarga yetkazib berish – Vatanni, uning qadriyatlarini ardoqlovchi har bir hunarmandning muqaddas burchidir. Mustaqillik sharofati hamda hunarmandlarning sayi harakatlari tufayli unutilgan qadriyatlarimizdan biri – Buxoro kulolchiligi qayta tiklanib, yuksalish pallasiga kirdi.

    Buxoro vohasi kulolchiligi uzoq tarixga ega. Zamon bobo madaniyatiga oid o’troq dehqonlar manzilgohi va qabristonidan tagi yassi va dumaloq, bezaksiz spool idishlar topilgan. Sopol idishlar yupqa, jarangdor, naqshsiz bo’lib, asosan qo’lda,ayrimlari charxda yasalgan. Ularning ko’pchiligi Varaxsha, Uch Quloq va Poykentdan topilgan spool siniqlari kulolchilikning takomillashganligidan darak beradi.

    Buxoro keramikasi ikki turga: sirkor va spol kulolchilikka bo’linadi. Hozirgi kunda O’zbekistondagi keramika markazlari ichida G’ijduvon kulolchiligi o’z o’rniga ega. Buxoro sopoli jigarrang – sariq tusda tovlanish bilan ajralib turadi.

    2000 yilda Abdullo Narzullayev G’ijduvonda kulolchilik majmuasini ishga tushirdi Majmuada kulolchilik muzeyi,milliy kulolchilik va kashtachilik ustaxonalari mavjud. Muzey xalqaro sayyohlik marshutiga kiritilgan bo’lib, unga  har yili 6000-7000 nafar chet ellik sayyohlar tashrif buyurishadi.