• Buxoro zardo’zligi


    Buxoro zardo’zligi – juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san’ati turlaridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalardan ma’lumki, I-II asrlardayoq Buxoroda zarbof kiyimlar keng tarqalgan. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotning podshosi Malika Qabaj Xotun zardo’zi etigining bir poyi arablar qo’liga tushgandi, u VII asrda 200.000 dirxamga baholangan.

    1403-1406 yillarda Samarqandga sayoxat qilgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o’z esdaliklarida Temur saroyida zardo’zi kiyimlar va dasturxonlarning naqshlari to’g’risida bir necha bor to’xtalib o’tadi. Bu esa Buxoroda zardo’zlik XIV – XV asrlarda yanada rivoj topganligidan dalolat beradi.

    Buxoroda zardo’zlik XIX va XX ars boshlarida taraqqiy etdi. Bu davrda zardo’zlik bilan asosan erkaklar shug’illangan. XX asr boshlarida Buxoroda 350 nafar zardo’z usta faoliyat ko’rsatgan. Saroy zardo’zlik ustaxonalari Buxoro arkida joylashgan bo’lib, ular asosan, amir va uning oilasi, saroy ayonlari va badavlat xonadonlar uchun faoliyat ko’rsatishgan. Buxoro mang’it amirlarining zardo’zlik kiyimlari ayni paytda O’zbekiston muzeylarida zaqlanadi.

    Buxoroda amirlik tizimi ag’darilgach, barcha amaliy san’at turlari qatori nisbattan inqirozga yuz tutdi. Usta zardo’zlar dastlab artellarga uyushib ishlashgan bo’lsa, 1963 yilga kelib Buxoro zardo’zlik fabrikasi tashkil qilingan. 2003 yilda mazkur fabrika asosida ma’sulyati cheklangan “Zarkon” aksiyadorlikjamiyati tashkil etilgan.

    Mustaqillik yillarida Buxoro zardo’zlik san’ati o’t ichidan chiqqan qaqnus qushi kabi qayta jonlandi.Milliy an’analarni yangi izlanishlar bilan boyitgan ko’plab ko’plab xalq ustalari munosib taqdirlandilar.Jumladan, Muyassar Temirova “O’zbekiston Qahramoni” ordeni bilan, Munavvar Farmonova (2012), Robiya Yunusova (2004), Oysha Temirova (2008), Baxshullo Jumayev (2009) “Shuxrat” medali bilan mukofotlandilar