• Buxoro zargarlik san’ati


    Zargarlik – badiiy hunarmandhilikning qimmatbaho va rangli metallar va toshlardan ayollarga taqinchoqlar, bezak buyumlari yasashdan iborat xalq amaliy san’at turidir. Xalq orasida “Dunyoda yakkayu yagona ayol zoti bo’lsa ham zargarlarga ish topiladi” degan naql bor. Buxoro zargarlik maktabi namoyondalari tomonidan yasalgan turli zeb-ziynat buyumlar jahon va O’zbekiston muzeylarida saqlanib kelinmoqda.Buxoro shibirmasi esa nainki muzeylarda, balki xalqimiz ayollar o’rtasida ham keng tarqalgan.

    Markaziy Osiyo hududidan eng qadimgi zargarlik buyumlari Buxoro va Xorazmdan topilgan bo’lib, ular milloddan avalgi I ming yillik o’rtalariga mansub. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida zargarlar haqida nodir ma’lumotlar bor. Zargarlik san’ati Buxoroda Buxorxudotlar hukumdorligi davridan boshlab rivojlangan.

    O’rta asrlarda ancha rivojlangan zargarlik san’ati sovet davrida inqirozga yuz tutdi. Keyinchalik zargarlik fabrikalari tashkil etilgan bo’lsada, bir xil qolib asosida faoliyat olib brogan ustalar mavjud an’analardan asta – sekinlik bilan yiroqlashdilar.

    O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng boshqa hunarmandchilik turlari qatorida, Buxoro zargarlik san’ati qayta jonlandi.Shu sabab Buxoro zargarlari bugungi kunda samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ustalar asosan ikki yo’nalishda: unutilib borayotgan qadimiy mahalliy zargarlik an’analarini qayta tiklash va zamonaviy uslubda zargalik buyumlarini yaratish ustida ijod qilmoqdalar.

     

    Hozirda Buxoroda 1000 ga yaqin zargargarlar faoliyat olib bormoqdalar.Ular Buxoroga xos zargarlik an’analarini o’rganish va yangi yo’nalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.Buxoro maktabining qadimiy va yangicha chiziqlari bir – biriga uyg’unlashtirib, yangi zamonaviy zargarlik buyumlari yaratilmoqda.