• Asia Bukhara


    “Asia Buxara” mehmonxonasi O’zbekiston bo’ylab joylashgan, ”AZIA” mehmonxonalar tarmogi tarkibiga kiradi. Mehmonxona Buxoroning asosiy majmuasi ”Labi Xovuz” yaqinida joylashgan. Mehmonxonada turli toifadagi 95 ta xona, 100-120 o’ringa ega restoran , shuningdek uchinchi qavatda yozgi kafe mavjud. Mehmonxonada go’zallik saloni, ochiq basseyn, sauna, massaj kabineti mehmonlar xizmatida. Birinchi qavatdagi do’kondan turli xil estalik sovgalari sotib olishlari mumkin. Bundan tashqari 30-35 kishilik konferentsiya xonasi zarur zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Mehmonlar uchun mehmonxona qabulxonasida simsiz Internetga kirish imkoniyati bor. Buxoro aeroportigaha 5 km va vokzal bekatigacha 20 km masofa.