• «Milliy internet tanlovi»​. O’zbekistondagi eng yaxshi saytlar e`lon qilindi


    27 dekabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi «Yoshlar press-klubi»da «Milliy internet tanlovi» g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

    Tashkilotchilar tarqatgan ma`lumotga ko’ra, tanlovga jami 405 anketa kelib tushgan. Shunday qilib, tanlovning 11 nominatsiyasi bo’yicha 11 g’olib aniqlandi.

    1. Madaniyat va san`at sohasidagi eng yaxshi sayt – www.boqiybuxoro.uz (Rustam Ramazonov)

    2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi sayt – www.GoTrip.uz (Sardor Sharapov)

    3. Eng yaxshi yangiliklar sayti – www.kun.uz (Ma`rufjon Asqarov)

    4. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt – www.mahallakengashi.uz (Javlon Mannopov)

    5. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt – www.askdoctor.uz (Islombek Ibroximov)

    6. Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt – www.e-hilolnashr.uz (Bunyod Po’latov)

    7. Zamonaviy fan va ta`lim sohasidagi eng yaxshi sayt – www.mylab.uz (Shodlik Babajonov)

    8. Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt – www.kitoblardunyosi.uz (Ibrohim Malikov)

    9. Ko’p tilda yaratilgan eng yaxshi sayt – www.ilmiy-lugat.uz (Anvar Usmanov)

    10. Eng yaxshi blog – www.qaraqalpaqstan.blogspot.com (Baurjan Botabayev)

    11. Eng foydali mobil ilova – Ruscha-O’zbekcha lug’at (Shavkatilla Xamidjonov)

    Ma`lumot uchun, «Milliy internet tanlovi» globallashuv sharoitida yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini oshirish hamda yurtimizdagi islohotlarni internet tarmog’ida keng yoritishda yoshlar ishtirokini ta`minlashga qaratilgan yirik media loyiha hisoblanadi.