• “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

    “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi 2009 yil 28 avgust kuni Toshkent shahri markazida qad rostladi.Davlatimiz rahbari g‘oyasi asosida bunyod etilgan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi o‘zida milliy va zamonaviy me’morchilik uslublarini mujassam etgan. Amir Temur xiyoboni me’moriy ansamblining durdonasiga aylangan mazkur saroy o‘z mahobati, salobati, betakror tarixi, zamonaviy landshaft dizayni bilan Toshkent shahri chiroyiga chiroy qo‘shdi. Ushbu […]



    batafsil

    Farg’ona viloyat teatr konsert saroyi

    Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat markazida Teatr-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-dekabr kuni tantanali ravishda ochildi. Mazkur san’at saroyi 1 000 o‘rinli bo‘lib, milliy va zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Eshik va ustunlari sharqona naqshlar bilan bezatilgan.



    batafsil

    Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi “Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda […]



    batafsil

    “Buxoro madaniy markazi” majmuasi

    2010-yil 30-avgustda Prezident Islom Karimov g‘oyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosi hamda amfiteatrni o‘z ichiga olgan “Buxoro madaniy markazi” majmuasi ochildi. “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentining markaziy qismida uch avlod—baxtiyor yosh oila: ota-ona va bola, barhayotlik timsoli—nihol o‘tqazayotgan bobo va nevara hamda uy qurayotgan […]



    batafsil

    “Bunyodkor” sport kompleksi

    2012-yil 28-sentabr kuni Toshkentda “Bunyodkor” sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shaxsan kuni o‘zbek futbolining 100 yilligi nishonlandi. “Bunyodkor” sport majmuasi o‘z ichiga 56 gektar maydonni egallagan 7 ta zamonaviy maydon, bolalar-o‘smirlar futbol maktabi, basseyn va boshqa zamonaviy inshootlarni qamrab olgan. Stadion 2008—2012-yillar davomida qurilgan bo‘lib, 34 ming kishiga […]



    batafsil

    “Minor” jome’ masjidi

    “Minor” jome’ masjidi 2013-yilda qabul qilingan “Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan barpo etilgan. Masjid bir paytning o‘zida 3 mingdan ziyod namozxonni bag‘riga sig‘dira oladi. Masjidning bosh binosi – ikki qavatli xonaqoh, ikkita peshtoq, balandligi 38 metr bo‘lgan ikkita minora va bir gumbazdan iborat. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy […]



    batafsil

    Ma’rifat markazi

    2011-yili poytaxtimizda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob namunasi – Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini birlashtirgan «Ma’rifat markazi»ning bunyod etilishi bu boradagi ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu muhtasham saroyda 2011-yil 26-noyabrda bo‘lib o‘tgan ilk xalqaro simpozium O‘zbekistonda sog‘lom avlodni tarbiyalashning milliy modeliga bag‘ishlangani ham katta ramziy ma’no va tarixiy ahamiyatga egadir. […]



    batafsil