• Miskarlik va kandakorlik

    Kandakorlik – amaliy san’at turlaridan biri bo’lib, islomiy va girix naqshlardan foydalangan holda, sariq va qizil oftoba,  lali, tovoq, lagan, patnis, payola va boshqa sariq, qizil rangli metal buyumlarga chizish, o’yish naqsh tushirish sohasidir. Dastlab buyumlarga afsonaviy qahramonlar tasviri ishlangan bo’lsa, islom madaniyati ta’siri o’laroq, tasvirlar o’rnini  san’at asari darajasiga yetkazib ishlangan xatotlik namunalari egallagan. […]



    batafsil

    Yog’och o’ymakorligi

    Buxoro yog’och o’ymakorligi – amaliy san’atning Buxoroda keng tarqalgan turlaridan biri. O’rta asrlarda barpo etilgan masjidlarning yog’ochdan yasalgan ustunlari, eshik va darvozalariga o’yilgan chiroylik naqshlar fikrimiz dalili bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa,Buxorodagi Shayx Sayfiddin Boxarziy (XIV asr) maqbarasidda yog’och o’ymakorligi namunalari g’oyat murakkab va nafisdir. Xo’ja Zayniddin va Baland masjidlari (XVI ars) hamda Baxouddin Naqshband majmuasidagi […]



    batafsil

    Buxoro zardo’zligi

    Buxoro zardo’zligi – juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san’ati turlaridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalardan ma’lumki, I-II asrlardayoq Buxoroda zarbof kiyimlar keng tarqalgan. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotning podshosi Malika Qabaj Xotun zardo’zi etigining bir poyi arablar qo’liga tushgandi, u VII asrda 200.000 dirxamga baholangan. 1403-1406 yillarda Samarqandga sayoxat qilgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo […]



    batafsil

    Buxoro kulolchilik san’ati

    Xalqimizning asrlar mobaynida asrab – avaylab, rivojlantirib kelayotgan qadriyatlari hayot sinovlaridan o’tgani, kishilar qalbida chuqur joy olgani bois barchamizga birdek azizdir. Ularni asrab qolish,zamon talablari asosida rivojlantirish, kelgusi avlodlarga yetkazib berish – Vatanni, uning qadriyatlarini ardoqlovchi har bir hunarmandning muqaddas burchidir. Mustaqillik sharofati hamda hunarmandlarning sayi harakatlari tufayli unutilgan qadriyatlarimizdan biri – Buxoro kulolchiligi qayta […]



    batafsil

    Buxoro kashtachiligi

    Kashtachilik – Buxoro amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turidir. Afsuski, kashtachilik namunalarining  eng qadimiylari saqlanmagan. Ispan elchisi Pui Gonsales de Klavixo Amir Temur saroyida o’zbek milliy kashta bezaklarini ko’rganini o’zining “Kundalik” asarida yozib qoldirgan. Ba’zi hollarda chodirlar va katta binolarni arab yozuvida forsiy va turkey tillarda baytlar tikib bezatishgan. […]



    batafsil

    Buxoro zargarlik san’ati

    Zargarlik – badiiy hunarmandhilikning qimmatbaho va rangli metallar va toshlardan ayollarga taqinchoqlar, bezak buyumlari yasashdan iborat xalq amaliy san’at turidir. Xalq orasida “Dunyoda yakkayu yagona ayol zoti bo’lsa ham zargarlarga ish topiladi” degan naql bor. Buxoro zargarlik maktabi namoyondalari tomonidan yasalgan turli zeb-ziynat buyumlar jahon va O’zbekiston muzeylarida saqlanib kelinmoqda.Buxoro shibirmasi esa nainki muzeylarda, balki […]



    batafsil

    Adras va ipak gilam to’qish

    Ipakdan gazlama va gilam to’qish san’ati tarixi Buyuk ipak yo’liga borib taqaladi. Ushbu savdo yo’li orqali asosan, xitoy ipagi olib kelingan. Buyuk ipak yo’lidagi to’qimachilik markazlaridan biri Buxorodir. X asrda yashab o’tgan mashhur tarixchi Muhammad Narshaxiy o’zining “Buxoro tarixi” kitobida ta’kidlashicha, Movarounahrning biror shahrida ipakdan Buxorodagidek ajoyib va sifatli mato to’qilmagan. Bu yerda to’qilgan oq,qizil, […]



    batafsil

    Ganch o’ymakorligi

    Ganch o’ymakorligi – amaliy san’atning keng tarqalgan sohasi bo’lib, Buxoro hududida I asrdayoq ganchga o’yma naqshlar ishlangan. Poyekent, Varaxsha va Arkda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida ganch o’ymakorligi namunalari va terakota haykalchalari topilgan. Islom madaniyati kirib kelishi bilan mahobatli binolar bezagida tasvirlar o’rnini o’yma girix va islomiy naqshlar egalladi.Buxorodagi XVII – XIX asrlarga mansub tarixiy […]



    batafsil

    Noyob hunar turlari

    Har bir xalqning asrlar davomida avloddan avlodga o’tib kelib, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan o’zi uchun aziz va ardoqli bo’lgan milliy qadriyatlari san’at va hunarmandchilik durdonalari bo’ladi. Masalan, misrliklar qadimiy Ehromlari bilan, fransuslar Eyfel minorasi bilan, bizning xalqimiz esa Samarqandu Buxoro, Xivadagi tarixiy obidalar bilan faxrlanadi.Ammo o’zbek xalqi ajdodlar qoldirgan meros bilan kifoyalanib qolmay, jahon madaniyati xazinasiga […]



    batafsil