Amiri sadid yakshanba kuni dunyodan oʻtgach, dushanba kuni oʻgʻli taxtga oʻtirdi va unga bay’at qildilar. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad al-Jayhoniy unga vazir boʻldi. (Lekin) bir necha kun vazirlik qilgach, qariligi sababli vazirlikdan iste’fo berdi. Undan keyin ikki-uch kun oʻtgach, oxiri, amir Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir boʻldi va davlat ishi ravnaq topdi. Lashkar […]
Amiri sadid podshohlik taxtiga oʻtirgach, lashkar unga bay’at qildi: koʻp qarama-qarshiliklardan keyin ittifoqlik vujudga keldi. Unga bay’at qilingan kun juma kuni, uch yuz elliginchi yil shavvol oyida (noyabr’-dekabr’ 961) edi. (Shu vaqtda) sipohsolor Alptegin Nishopurda edi, Amiri rashidning vafoti xabarini eshitgach, u Amiri sadidni qoʻlga olishga qasd qildi. Amiri sadid unga (qarshi) odam yubordi. Alptegin […]
Amiri hamid dunyodan oʻtgach, Amiri rashidga bay’at etdilar. U oʻn yoshida podshohlikka oʻtirdi. Amiri hamidning vafot etganligi xabari viloyatlarga yetgach, har kim bir viloyatga ega boʻlishni tama qildi (Amiri rashid) Ash’as ibn Muhammad ibn Muhammadni Xurosonga yuborgan edi, unga Hirot va Isfahonda koʻp janglar qilishga toʻgʻri keldi va u viloyatlarni boʻysundirdi. U hali shu ish […]
Amiri hamid uch yuz oʻttiz birinchi yili sha’bon oyining avvalida (10 aprel 943) podshohlik taxtiga oʻtirdi va Abu Zar unga vazir boʻldi. U Buxoro qozisi edi. Uning zamonida fiqh ilmini undan koʻra biladiganroq kishi boʻlmagan. «Muxtasari Kofiy» uning asaridir. Amiri sa’id vafot etgach, (podshohlikni talab etuvchilardan) har bir kishi bir joyda qaror topti. Amiri hamid […]
Amiri shahidni dafn etib boʻlgach, uning oʻgʻli Nasrga «Sa’id» — «Saodatlik» laqabini berdilar. U sakkiz yoshda ekanligida otasining oʻrniga podshoh qildilar. Unga vazirlik (ishi) ni Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad al-Jayhoniy oldi, Hamaviya ibn Ali sipohi solor boʻldi. Uni «Butun Xuroson egasi» deb atar edilar. Dastlab Amiri sa’id boʻsh ish olib borganligidan har yerda fitna […]
U Xuroson amiri boʻldi. Uni Amiri shahid deydilar. U oʻz otasining yoʻlidan yurib adolat koʻrsatar va barcha fuqaroga butunlay insof yuzasidan qarar edi. Fuqaro rohat va osoyishtalikda yashadilar. Amiri shahid u yer (Buxoro)dan Xurosonga borib oʻz mamlakatini koʻzdan kechirdi va Seistonni oldi. Amiri moziy davrida Seiston uning nomida edi. U yerdan Buxoroga keldi. U ov […]
(Bu voqea) ikki yuz oltmishinchi yil muborak ramazon oyining oʻn ikkinchisi (1 iyul’, 874) dushanba kunida sodir boʻldi va shu sababli shahar tinchidi, Buxoro aholisi qiyinchilikdan qutulib rohatga yetishdi. Shu yili Movarounnahrning Jayhun daryosidan tortib to Mashriq shaharlarining eng yirogʻigacha boʻlgan barcha yerlar hukmronligi amir Nasr ibn Ahmadga berilganligi haqida xalifa Muvaffaq billohdan farmon keltirdilar […]
U somoniylar sulolasi sultonlarining avvalgisi boʻlib, haqiqatan ham podshohlikka loyiq va haqli edi. U aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi bir kishi edi; hamisha xalifalarga itoat izhor qilar va ularga tobe boʻlishni zarur va lozim bilardi. U ikki yuz sakson yettinchi yili rabi al-oxir oyining (aprel’, 900) oʻrtasida shanba kuni Amr ibn Laysni Balxda […]
Somonxudotning bir oʻgʻil koʻrganligi va Asad ibn Abdulloh Qushayriyni doʻst tutganidan, oʻgʻliga Asad deb nom berganligi hyaqida yuqorida aytib oʻtilgan edi. Asadning toʻrt oʻgʻli bor edi: Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos. Rofe ibn Lays Horun ar-Rashidga qarshi xuruj qilib Samarqandni olganida Horun ar-Rashid Harsama ibn A’yaini Rofe ibn Laysga qarshi urushga yubordi. Rofe Samarqandni hisor […]