• Erkin Vohidov

    Hech ikkilanmay, komil ishonch bilan aytish mumkinki, Erkin Vohidov o’zbek she’riycoining ko’rki vafaxri. Bu fikrda zarracha mubolag’a yo’q. Ozod Sharafiddinov, O’zbekiston Qahramoni    Odamlargafaqat she’ring etnas, o’zing ham kerakligingni sezish — bu katta baxt. Erkin Vohidov O’zbekiston xalq shoiri, she’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qilib kelayotgan adib Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda […]



    batafsil

    Abdulla Oripov

    O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 1941-yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko’z qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Orif bobo oddiy dehqon bo’lib, to’rt qiz va to’rt o’g’ilning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor bergan. Abdullaning bolaligi Qo’ng’irtoq etaklarida o’tadi. 17 yoshida o’rta maktabni oltin medal bilan tugatib, 1958-1963-yillarda ToshDUning «0’zbek filologiyasi» fakulteti jurnalistika bo’limida o’qiydi. Abdulla Oripov 1967-1974-yillar mobaynida […]



    batafsil

    Zulfiya Isroilova

    Taniqli o’zbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentda Isroil temirchi (degrez) oilasida tug’iladi. U 1922-1931-yillarda maktabda, 1931-1934-yillarda Qizlar bilim yurtida, 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qiydi, deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishlaydi. Shoira 1938—1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, «O’zbekiston» davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953-yilgacha «Saodat» jurnalida bo’lim mudiri, 1953-1980-yillarda shu jurnalning bosh muharriri lavozimida […]



    batafsil

    Ozod Sharafiddinov

    O’zbek adabiyotshunosligining yirik vakili Ozod Sharafiddinov 1929-yilning 1-martida Qo’qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog’ida tavallud topgan. Ozod Sharafiddinov Toshkent shahrida o’rta maktabni tugallab, O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ga o’qishga kiradi va 1951-yilda uni bitiradi. Oradan uch yil o’tar-o’tmas, Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi. Olim mehnat faoliyatining asosiy qismi o’zi o’qigan universitetda kechdi. U 1955-1995-yillar oralig’ida, qariyb […]



    batafsil

    Tohir Malik

    Tohir Malik 1946 yili Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. U ham ba’zi tengdoshlari kabi o‘rta maktabni  tugatgandan keyin kunduzlari qurilishda ishlab, kechqurunlari Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limida o‘qiydi. Maktablarda o‘qituvchilik qiladi, nashriyotlarda xizmat etadi. «Lenin uchquni» ro‘znomasida bo‘lim boshlig’i bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. So‘ngra Resdublika radiotelevideniye qo‘mitasida, «Guliston» tahririyatlarida ishladi. «Sharq yulduzi» oynomasida mas’ul kotib, «Yoshlik» […]



    batafsil

    Xudoyberdi To’xtaboyev

    O’zbek bolalar adabiyotining ko’zga ko’ringan vakili Xudoyberdi To’xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg’ona viloyatining Katta Tagob qishlog’ida tug’iladi. Uning bolalik va o’smirlik yillari urush davriga to’g’ri keladi, u ota-onadan erta yetim qoladi va bobosi Erkaboy hamda buvisi Robiyabibilar qo’lida tarbiyalanadi. Yozuvchi o’rta maktabni tugatib, dastlab Qo’qon pedagogika bilim yurtida, keyin esa ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya bo’limida tahsil oladi. Talabalik […]



    batafsil

    Abdulla Qahhor

    “…Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart…”. Abdulla Qahhor     Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o’zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo’qonning Ko’mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug’ilgan. Yozuvchi bu haqda o’z tarjimayi holida shunday yozgan: “Men 1907-yil kuzda, chorshanba kuni -17-sentabrda Qo’qonning Ko’mir bozori mahallasida tug’ilganman. Otam temirchi edi“. Uning bolaligi Qo’qon atrofidagi Yaypan, […]



    batafsil

    Shukur Xolmirzayev

    Zamonaviy o’zbek nasrining zabardast vakillaridan bin Shukur Fayzullo o’g’li Xolmirzayev 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga keladi. Otasi asli Bulung’urlik boiib, 1937-1938-yillarda Boysunga ketishga majbur bo’lgan. Shukur Boysundagi o’rta maktabni tugatib, 1957-1962-yillarda ToshDUning filologiya fakultetida o’qiydi. Shundan so’ng u Toshkentdagi bir qator nashriyot, gazeta va jurnallarda mehnat qiladi. Shukur Xolmirzayev buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil […]



    batafsil