• Buxoro shahrida harbiy xizmatchilarga mo‘ljallangan 2 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi

    Prezidentimizning joriy yil 30-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uy-joy qurish dasturi to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Buxoro shahrida harbiy xizmatchilar uchun har biri 18 xonadonga mo‘ljallangan ikkita ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. – Yangi yil arafasida ikki xonali zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganimizdan juda xursandmiz, – deydi mayor Bekmurod Atakov. – Bu oilamiz uchun […]



    batafsil

    Yangi uylar o’z egalariga topshirildi

    Muhtaram Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2660-sonli qarorlariga muvofiq bir guruh buxoroliklarga ana shunday barcha qulayliklarga ega yangi uylar topshirildi. Qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan, 6 ta 7 qavatli, jami 252 xonadonga mo‘ljallangan uylar o‘z egalarini topdi. Mazkur uylarni tantanali […]



    batafsil

    Buxoro viloyati Vobkent tumanida “Nuroniylar maskani” ish boshladi

    Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizning barcha tuman va shaharlarida faxriylar vaqtini mazmunli o‘tkazishi, hordiq chiqarishi, salomatligini mustahkamlashi uchun zarur shart-sharoitga ega “Nuroniylar maskani” majmualari tashkil etilmoqda.  Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham shu kunlarda mazkur maskanlar qurilishi ishlari yakunlanib, majmualar foydalanishga topshirilmoqda. Vobkent […]



    batafsil

    Ko’hna va Boqiy Buxoro haqida

    Uch ming yildan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo`shgan shaharlardan biri. Qadimdan ilmu ma’rifat, madaniyat maskani bo`lgan bu go`sha ta’rifi butun olamga yoyilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Yurtboshimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, madaniy merosni, ayniqsa tarixiy-memoriy obidalarni asrash, ularni kelgusi nasllarga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark […]



    batafsil

    Buxoro – Miskin temir yo‘lida po‘lat izlari ulandi

    Ma’lumki, Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l qurilishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishib, yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalarini bergan edi.



    batafsil

    “Mir Arab” oliy madrasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi direktori Sh. Minovarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari O‘. Hasanboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri v.b. A. Do‘smatov, Buxoro viloyati hokimi O‘. Barnoyev, Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi, Buxoro Davlat universiteti hamda boshqa davlat hamda nodavlat tashkilotlar vakillari va talabalarning ota-onalari qatnashdi.



    batafsil

    Buxoro – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovi boshlandi

    1-iyuldan boshlab Buxoro – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo‘lovchi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.



    batafsil